UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining final oʻyinlarini avgust oyida oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sunday Times xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, UEFA moliyaviy sabablarga koʻra mavsumni muddatidan oldin yakunlamoqchi emas. Birgina Angliyaning oʻzidan televizion huquqni sotishdan orqali 840 million yevro daromad olinadi.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, mavsumni avgust oyida yakunlashga toʻgʻri keladigan boʻlsa Uefa kelasi mavsum vaqtni qisqartirishni rejalashtirgan

Ayni paytda, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi oʻyinlari koronavirus pandemiyasi tufayli nomaʼlum muddatga qoldirilgan. Chempionlar Ligasi finali 30 may kuni Istanbulda, Yevropa Ligasi finali esa 27 may kuni Polshaning Gdansk shahrida boʻlib oʻtishi kerak edi.

COVID-19 kasalligi 2019 yilning oxirida birinchi Xitoyda qayd etilgan edi, keyinchalik u 160 mamlakatga tarqaldi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.

Facebook Comments