AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan telefon orqali muloqotda Suriyaning Idlib shahriga hujumni toʻxtatish kerak degan fikrga keldi. Bu haqda 28 fevral kuni Tramp yordamchisi Judd Dira maʼlum qildi.

“Ikki rahbar Suriyada begunoh fuqarolar halok boʻlmasligi yoki ular boshqa joyga koʻchirilishidan oldin hujumni toʻxtatishlari kerak degan fikrga kelishdi”, deydi Dira.

Eslatib oʻtamiz, 12 fevralda Turkiya prezidenti Moskva va Damashqni Idlibdagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha kelishuvga amal qilmayotganlikda ayblagandi. Uning taʼkidlashicha, prezident Bashar Аsad kuchlari rossiyalik harbiylar bilan birga mahalliy aholiga hujum qilmoqda. Rossiya mudofaa vazirligida Erdoʻgʻanning bu soʻzlari rad etilib, Idlibdagi ixtilofning avj olishiga Turkiyaning oʻz vaʼdalarini bajarmayotgani sabab hisoblanishi aytilgan.

19 fevralь kuni Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Rossiya va Turkiyaning Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat boʻyicha olib borayotgan muzokaralari “hozircha qoniqarli natijalarni olib kelmagani”, Turkiya Rossiya tomonidan taklif qilinayotgan hujjatlar va xaritani qabul qilmaganini maʼlum qildi.

Facebook Comments