Toshkent shahridan 6 nafar bemor tuzalib, jami sogʻayganlar 763 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent shahridan boʻlsa, qolgan 3 nafari esa Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatidan. Ulardan 2 nafari Moskva – Toshkent yoʻnalishida charter reys orqali kelishgan.

Qolgan 3 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda. Ushbu klinikada shu paytga qadar 70 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 75 nafarga yetdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida sogʻaygan 42 yoshli bemor (erkak) Toshkent shahridan boʻlib,koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Mazkur klinikada shu paytga qadar 49 nafar bemor sogʻaygan.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Respublika boʻylab koronavirus infeksiyasidan butkul sogʻayganlar 763 nafarga yetdi. Avvalroq, Buxoroda ham 50 nafar bemor tuzalgandi.

Facebook Comments