Olimlar tadqiqot davomida paxta tolali, ipak, shifon, flanel, turli sintetik matolar va ularning kombinatsiyalarini tekshirib koʻrishgan.

Chikago universiteti muhandislari tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot davomida koronavirusdan himoyalovchi qoʻlbola niqob tikish uchun qanday mato koʻproq mos kelishinini maʼlum qildilar.

Tadqiqot natijalariga koʻra, buning uchun paxta tolali, tabiiy ipak va shifon uygʻunligida tikilgan niqob ayni muddaodir.
Olimlar tadqiqot davomida paxta tolali, ipak, shifon, flanel, turli sintetik matolar va ularning kombinatsiyalarini tekshirib koʻrishgan.

Maʼlum boʻlishicha, niqob samaradorligi u bir necha qavatdan va turli matolar kombinatsiyasidan iborat holatda yuqori boʻladi.

Bundan tashqari, olimlar niqobni notoʻgʻri taqish davomida yuzaga keladigan ochiq joylar uning samaradorligini 60%ga pasaytirishi haqida ham taʼkidlaganlar.

Facebook Comments