Andijon davlat tibbiyot instituti uch nafar talabalari boshqa shaxs bilan til biriktirib, xaridorga jami 1 000 dona kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop dori vositalarini 45 mln. soʻmga sotayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Xuddi shunday holat fuqarolar K.M. va M.A.lar xaridorga jami 2 625 dona psixotrop vositani 105 mln. soʻmga sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 8 000 dona kuchli tasir qilivchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. Mazkur jinoiy ishlar DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda davomida aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Facebook Comments