AQSH rasmiylari tomonidan 2018 yilda boshqa mamlakatlar vakillaridan olingan barcha sovgʻalar roʻyxati eʼlon qilindi.

“The New York Times” nashri xabariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhfalari ham qayd etilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Donald Trampga 2950 dollarga baholangan Registon majmuasining kumush nusxasini sovgʻa qilgan.

Davlat kotibi Maykl Pompeoga esa 1580 dollarlik yogʻoch stol va stullar toʻplamini topshirgan. Shuningdek, Mirziyoyev tomonidan Melaniya Trampga ham 4200 dollarlik choyshab berilgan.

Facebook Comments