Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral, seshanba kuni, sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjudligi koʻrsatib oʻtilgan. Masalan, faqat 12 ta oliy taʼlim muassasasi uzluksiz kasbiy malaka oshirish huquqiga ega. Hozirda 50 foiz shifokor malaka oshirish bilan qamrab olinmagan.

Shu bois mazkur tizimni qayta koʻrib chiqib, bu boradagi qamrovni kengaytirish, malaka oshirish kurslarini Qoraqalpogʻiston va viloyatlar markazlarida tashkil etib, mutaxassislarga qulaylik yaratish boʻyicha topshiriqlar berilgan.

“Eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari oʻrnida Ibn Sino maktablari tashkil etib, dars va amaliyotni zamon talablari asosida oʻtish zarurligi taʼkidlangan”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Facebook Comments