2020 yil yanvar oyida Oʻzbekiston 489,8 million dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2019 yil yanvar oyiga nisbatan oʻsish 60,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar oyida Oʻzbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,1 foizga teng boʻldi.

Taʼkidlab oʻtish joizki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Facebook Comments