Joriy yilning 20-aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar oʻzbekistonlik fuqarolarning jasadlari Vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Vafot etganlarning jasadi Rossiya – Qozogʻiston – Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻyicha avtomobil transporti orqali olib kelingan.

Fuqarolarning jasadlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi xodimlari bilan hamkorlikda chegara postidan olib oʻtilib, yashash manzillari boʻyicha joʻnatildi.

Shuni qayd etish joizki, Rossiya Federatsiyasida vafot etganlarning birortasi koronavirus pandemiyasiga chalinmagan.

Facebook Comments