Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum ilk bor tarixda faoliyati davomida bir milliard yevro topgan birinchi futbolchi boʻladi, deb taʼkidlamoqda Forbes nashri.

35 yoshli futbolchi koronavirus pandemiyasi tufayli maosh olmasa ham tarixda milliard yevro ishlab topgan uchinchi sportchi boʻlishi kutilmoqda.

Bungacha ushbu koʻrsatkichni golfchi Tayger Vuds (2009-yil) va bokschi Floyd Meyvezer (2015-yil) qayd etgan. Basketbolchi Maykl Jordan boʻlsa, oʻz milliardini faoliyatini yakunlaganidan keyin 2015-yil topdi.

Garchi portugaliyalik futbolchi 4,24 million dollardan voz kechsa ham bir yil avval 109 million daromad olgan umumiy daromadiga taʼsir qilmaydi, ularning 65 mlni maosh va bonuslardir.

2019-yilda u dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan ikkinchi futbolchi boʻldi (Lionel Messidan keyin) va barcha sport turlari boʻyicha eng koʻp maosh oladigan sportchilardan biri.

Hatto A Seriya oyliklarni 30 foizga qisqartirishga qaror qilsalar va Ronalduning maoshi 20 million dollarga tushsa ham, u dunyodagi eng koʻp maosh oladigan futbolchilardan biri boʻlib qolaveradi, yiliga faqat maosh va bonuslardan 46 million dollar daromad oladi.

Shuningdek, Ronaldu Nike brendini reklama qilgani uchun va shaxsiy CR7 brendi ostida sotishdan olingan daromad bilan bir qatorda u yana 45 million daromad topishi mumkin va yil davomida umumiy daromadi 91 million dollarni tashkil etadi, bu unga milliard yevrodan oshib ketishga imkon beradi.

Maʼlumot oʻrnida, Ronaldu bundan oldin “Sporting”, “Manchester Yunayted” va “Real” klublarida oʻynagan. U beshta “Oltin toʻp” sohibiga aylangan.

Facebook Comments