Vatikan oʻz bayonotida Rim papasi Fransisk va uning ikki yordamchisi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganini tasdiqladi. Bu haqdagi xabarni MSM News nashri Vatikandagi manbaga tayanib ommaga eʼlon qildi.

Xabarda taʼkidlanishicha, keksa ruhoniylarda koronavirus uchun oʻtkazilgan testlar ijobiy natija bergan. Suratlarda aks etishicha, Papa ruhoniylar bilan uchrashuv chogʻida oʻzini yomon his qilgan.

Maʼlum qilinishicha, Rim papasi va uning yordamchilari Vatikandagi mehmonxonada karantinga olinadi. Ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Baʼzi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Papa kasalligi toʻgʻrisidagi xabar haqiqiyligiga shubha qildi. Ularning aytishicha, bu xabar soxta. The Independent nashri ham bu maʼlumotni rad etgan.

“Men yana bir marta koronavirus bilan kasallanganlar va ularga gʻamxoʻrlik qilayotgan tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik izhor qilmoqchiman”, Rim Papasi ruhoniylar bilan kuni-kecha oʻtkazgan oxirgi uchrashuvida koronavirus haqida aynan shunday degan edi.

Avvalroq, Rim papasi notinchlik tufayli ommaviy va boshqa muhim rasmiy tadbirlarga borishni rad etgani xabar berilgan edi.

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ularning soni mingdan oshdi.

Facebook Comments