“Atletiko” klubi va Urugvay milliy jamoasining sobiq hujumchisi Diyego Forlan “Real” safida o‘ynayotgan hamyurti Federiko Valverde haqida iliq fikrlar bildirdi.

“U rivojlanishda davom etadigan fazilatlarga ega. U –professional, yaxshi yigit. Men uning o‘yinlaridan hayratlanayotganim yo‘q, unda barcha sifatlar bor edi.

Unda o‘ziga ishonch, yetuklik va tajriba ortmoqda. “Real” muxlislari uning o‘yinidan ko‘p yillar davomida zavqlanishadi.

Valverde “Real”ning yarimhimoyadagi Serxio Ramosiga aylanishiga ishonaman”, – deb Forlanning so‘zlarini keltiradi Marca.

Bu mavsumda 21 yoshli yarimhimoyachi La Ligada 22ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.

Facebook Comments