Joriy yilning 18-aprel kuni Fargʻona viloyati Quvasoy shahridagi bir oilada yashovchi 5 yoki 6 nafar fuqaroda koronavirus infeksiya alomatlari aniqlangan. Bu haqda Effect.uz axborot agentligi muxbiri Elyor Tojiboyev xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, zudlik bilan ushbu xonadonga viloyat mutassadi rahbarlari va mutaxassislar yetib kelgan hamda tegishli boʻlgan zarur choralarni koʻrgan. Ular izolyatsiya qilinib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tahlil uchun yuborilgan. Hozirda ushbu oilaning qoʻni-qoʻshnilari, yaqin qarindoshlari toʻliq karantinga olinib, Quvasoy shahri kuchaytirilgan karantin rejimiga oʻtkazilishi kutilmoqda.

Viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyev ushbu holatni shaxsan oʻz nazorati ostiga olib, hozirda koronavirusni tarqalishining oldini olish uchun zaruriy chora tadbirlarni oʻtkazilishi boʻyicha tegishli topshiriqlarni bergan.

Ayni vaqtda ushbu maʼlumot tasdiqlangani yoʻq. EFFECT.UZ internet nashrida holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻonaning Oltiariq tumanidagi bodring sotuvchida infeksiya aniqlangani va u kasalligini bila turib, Margʻilon shahridagi bozorga borib bodring sotgan.

Maʼlumot uchun, 26-aprel soat 18:00 holatiga koʻra Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1869 nafarga yetdi. Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etdi, 261 nafari sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan.

Vafot etganlarning 1 nafari aynan Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida yashagan 59 yoshli ayol boʻlgan. U Umra safariga borib qaytib, uyida bazm oʻtkazgan.

Facebook Comments