Hujumchi Kilian Mbappe mavsum oxirida PSJni tark etmaydi.
Ushbu qarorni shaxsan klub xoʻjayini, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Taniy qabul qildi, deya xabar bermoqda LʻÉquipe nashri.
“Shamol boʻlsa ham, qor yoki joʻl yogʻsa ham Mbappe baribir qoladi, bu amirning xohishi”, – deydi ushbu vaziyatga yaqinroq boʻlgan manbalardan biri.
Avvalroq, “Real” Mbappeni sotib olish borasida PSJga taklif bilan chiqqan, lekin manbaning maʼlumotiga qaraganda, parijliklar Madrid klubining taklifini koʻrib ham chiqmagan.
Facebook Comments