Angliya Premer-ligasining 4 ta klub mavsumni bekor qilib, koronavirus pandemiyasi tugaganidan so‘ng, yangi mavsumni boshlab yuborish taklifini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Agar shunday qaror qabul qilinsa, telekompaniyalar translyatsiya huquqi uchun to‘langan pullarni qaytarib berishni talab qilishi mumkin. Bu esa ko‘plab klublarni xavotirga solmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar mavsum natijalari bekor qilinsa, APL 1,2 milliard funt yo‘qotadi. Bu esa og‘ir inqirozga va ish o‘rinlarining jiddiy qisqarishiga olib keladi.

Shu tufayli, klublarning ko‘pchiligi mavsumni davom ettirish kerakligini yoqlamoqda. Ularning orasida jadvalning yuqori qismidan joy olgan klublar ko‘p.

Jadvalning quyi qismidan joy olgan 4ta klub mavsumni bekor qilishni yoqlamoqda. Chunki agar ular Premer-Ligani tark etsa, televizion kompaniyalarga qaytarib berish lozim bo‘lgan mablag‘dan ham ko‘prog‘ini yo‘qotishadi.

Premer-Liga mavsumni bekor qilish haqida mustaqil qaror qabul qilolmaydi. Bunga Angliya Futbol Assotsiatsiyasi va Liga rahbariyatining roziligi kerak. Angliya Futbol Ligasi esa mavsumni har qanday holatda yakunlab olish shartligini ta’kidlagan.

Facebook Comments