Dunyodagi har bir hodisaning izohi bor ekani aniq. Pandemiya vaqtida koronavirus ortida kim turganini aniqlashga kirishgan bir guruh qiziquvchan insonlar Microsoft asoschisi haqida koʻplab gumonlarga borib kelayotgan edilar.

Eng qizigʻi, internet foydalanuvchilari falokatlar ortida haqiqatan ham Bill Geyts turganiga ishona boshlashdi.

Ommaviy axborot vositalarining soxta xabarlar tarqatishga aloqalar ekanligini tahlil qilish bilan shugʻullanuvchi Zignal Labs kompaniyasi aynan shunday xulosaga keldi. Ayni vaqtda COVID-19 ga doir taxminlarning asosiy qahramoni va mutloq yetakchisi Bill Geyts boʻlib turibdi.

Bu kabi soxta maʼlumotlar fevral oyidan aprelga qadar ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali 1,2 million marta paydo boʻlgan. Misol uchun, birgina Facebook tarmogʻining oʻzidan Bill Geyts va koronavirusga aloqador boʻlgan 16 000 dan ortiq post topilgan va ularga 900 000 ta layk bosilgan.

YouTube video xostingida esa Microsoft asoschisining koronavirusga aloqador ekanligi haqidagi soxta xabar tarqatilgan roliklarning eng mashhur oʻntasini odamlar 5 million marta koʻrib chiqqanlar.

Maʼlumotlarning barchasida turlicha taxminlar keltirib oʻtilgan, umumiy qilib aytganda Bill Geytsni vaksinadan daromad topish va insonlarni kuzatuvchi global tizimni ishga tushirish maqsadida COVID-19 ni yaratganlikda ayblamoqdalar.

Facebook Comments