2020 yil yanvar oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 2,9 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 251,9 mln. dollarga kamaydi.

Davstatqoʻm xabariga koʻra, TSAda eksport hajmi 1,2 mlrd dollarga (oʻsish surʼati – 4,9 foiz) va import hajmi 1,6 mlrd dollarga (oʻsish surʼati – 8,7 foiz) yetdi. Hisobot davrida – 373,8 mln. dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Oʻzbekiston jahonning 129 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,5 foiz), Rossiya Federatsiyasida (16,0 foiz), Qozogʻistonda (7,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,5 foiz), Turkiyada (5,7 foiz), Afgʻoniston (1,7 foiz) va Germaniyada (1,6 foiz) qayd etilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston (48,3 mln. AQSh dollari), Turkiya (26,9 mln. AQSh dollari) Tojikiston (18,6 mln. AQSh dollari), Qirgʻiz Respublikasi (14,3 mln. AQSh dollari), BAA (4,3 mln. AQSh dollari) va Eron (2,3 mln. AQSh dollari). Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2020 yil yanvar oylida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 33,7 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasining oʻtgan yilga nisbatan oʻsishi 9,1 foizni tashkil etdi.

Facebook Comments