Vazirlar Mahkamasining koronavirus pandemiyasi tabiatida tibbiyot buyumlari uchun xom ashyolar eksporti va sement importiga vaqtincha cheklovlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, joriy yilning 1 mayidan 31 dekabriga qadar Oʻzbekistonda tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xomashyolarni chetga chiqarish va sementni import qilish vaqtincha toʻxtatiladi.

Bunday tovarlar sirasiga quyidagilar kiritilgan:

— tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xomashyolar(SMS matosiz material, kodi TN VED 5603 12 1000, “Spanbod“ matosiz materiali, kodi TN VED 5603 11 9000 va 5603 91 9000, “Meltblaun“ matosiz materiali, kodi TN VED 5603 12 9000 va 5911 40 0000) eksportiga;

— sement mahsulotlari(kodi TN VED 2523 21 0000 va 2523 29 0000) importi boʻyicha olib kirish cheklanadi.

Oʻzbekistonni tibbiyot vositalari bilan taʼminlash zarurati hamda pandemiya sharoitida koʻplab qurilish ishlari toʻxtab qolgani uchun sementga boʻlgan talabning keskin pasayib ketishi; mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash ana shunday qaror qabul qilinishga sabab boʻldi.

Cheklovlar muddatidan oldin ham bekor qilinishi mumkin. Idoralar va vazirliklarga ushbu tovarlar keskin oshib ketmasligi uchun ularning narxlarini kuzatib borish vazifasi berildi.

Facebook Comments