Oʻzbekistonda 25-aprel soat 23:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1862 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 25-aprel soat 10:00 holatiga koʻra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1836 taga yetgani maʼlum qilingan edi.

Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 707 nafari esa sogʻayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 oʻzbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng koʻpi — 42 nafari — Rossiyada), ularning besh nafari vafot etgan.

Facebook Comments