Koronavirusga chalingan homilador ayol kasallikdan butkul sogʻaydi bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent shahridagi 3-sonli tugʻruq majmuasida ilk bor koronavirusga chalingan 2 nafar bemor: yaqinda farzandli boʻlgan ayol hamda homilador ayol sogʻayib chiqishdi.

Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Birinchi bemor ayol 38 yoshda boʻlib, Namangan shahridan. Joriy yil 31-mart kuni Toshkent shahar perinatal markazida farzandli boʻlgan. Onada koronavirus infeksiyasi aniqlangach, 3-sonli tugʻruq majmuasiga olib kelingan. Uning farzandida esa koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Homilador ayol esa 28 yoshda boʻlib, Samarqand shahridan. U joriy yil 26-mart kuni Turkiyadan Toshkentga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, 3-sonli tugʻruq komleksiga olib kelingan. Ayni paytda 32 haftalik homilasi rivojlanmoqda.

Samarali davolash muolajalaridan keyin, soʻnggi tekshiruvlar ikki nafar bemorda ham koronavirus infeksiyasi yoʻqligini koʻrsatdi.

Maʼlumot oʻrnida, hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butkul sogʻayganlar 765 nafarga yetdi.

Facebook Comments