2020 yilning 1 iyulidan boshlab Oʻzbekistonda barcha yangi qurilgan uylarning narxi oshadi.

Sababi aynan oʻsha sanadan boshlab yangi qurilgan uylarga 15 foiz QQS qoʻshiladi. Shuni inobatga olgan holda uylarning narxi oʻrtacha 600 ming soʻmga oshadi. “Oʻzshahar qurilish invest” IK 2019 yilda va ungacha uyni sotib olib, oʻz nomiga oʻtkazmaganlardan uylarni rasmiylashtrishni soʻragan. Аgar nomlariga oʻtkazmasa ularga ham 15 foiz QQS qoʻshiladi va uyining narxi oshadi.

Quyidagi jadvalda Toshkent shahridagi uylarning har bir kvadrat metr uchun qancha narx toʻlanishi va oshgandan soʻng qanday koʻrinishda boʻlishi koʻrsatilgan:

1 m2 oʻrtacha 3 980 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 577 000 soʻmni (QQS 597 000 soʻm);

1 m2 oʻrtacha 4 100 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 715 000 soʻmni (QQS 615 000 soʻm);

1 m2 oʻrtacha 4 330 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 979 500 soʻmni (QQS 649 500 soʻm);

1 m2 oʻrtacha 4 160 000 soʻmlik uy-joylarda QQS bilan 4 784 000 soʻmni (QQS 624 000 soʻm) tashkil qiladi.

Facebook Comments