Braziliyalik “Nostradamus” nomi bilan tanilgan Xuselino Nobrego de Lus 2043-yilga kelib Yer aholisi 80 foizga kamayib ketishi haqida bashorat qildi. Ekstrasensning aytishicha, insoniyatni dahshatli halokat kutib turibdi.

Nobrego de Lus ushbu halokatga insonlarning oʻzlari sababchi boʻlishlariga ishora qilgan.

Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar braziliyalik “Nostradamus” tomonidan aytilgan bashoratlarning ayrimlari haqiqatan amalga oshgan. U oʻz vaqtida malika Diananing oʻlimi va 2011-yilning 11-sentyabr kuni AQSHga terrorchilar hujum qilishi haqida avvaldan aytgandi.

Shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, De Lus 2018-yilda yerga asteroid kelib tushishi haqida taxmin qilgan va ushbu bashorat amalga oshmagan.

Facebook Comments