Roʻza tutish bilan bogʻliq savollarga javob beruvchi Call center tashkil etildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar bermoqda.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Ramazon oyida moʻmin-musulmonlarning telefon orqali yoʻllangan roʻza tutish bilan bogʻliq barcha sharʼiy masalalariga ulamolarning tunu-kun javob berish tizimi joriy etildi.

Moʻmin-musulmonlar shu yilning 26-apreldan 23-mayga qadar haftada yetti kun, kunda 24 soat davomida oʻzlarining roʻza tutish bilan bogʻliq sharʼiy savollariga javob olishlari mumkin boʻladi (ibodat vaqtlaridan tashqari).

Buning uchun 24 soat davomida quyidagi telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishlarini tavsiya etamiz: 99-050-18-57, 99-055-39-75.

Alloh taolo moʻmin-musulmonlarimizga rushdi hidoyat, ulamolarimizga kuch-quvvat ato etsin.

Facebook Comments