Yaqinda Italiyaning “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu onasining shifoxonadan chiqqani haqida gapirayotib, shunday dedi: “Karantin holatida odam oʻzi bilan yolgʻiz qoladi. Shu vaqt ichida men koʻp kitob oʻqidim, koʻp oʻyladim … endi men Qurʼon oʻqishni boshladim. “

Ronaldu musulmon madaniyatiga birinchi marta murojaat qilayotgani yoʻq. “Real Madrid” futbol klubida Ronaldu bilan jamoadosh boʻlgan turk millatiga mansub Mesut Oʻzil unga arab tili asoslari va Qurʼoni karimni oʻqish qoidalarini oʻrgatayotganini aytgan edi. Oʻzilning soʻzlariga koʻra, Ronaldu Qurʼon oʻqishni, Islom haqida hikoyalarni tinglashni juda yaxshi koʻradi va uning eng sevimli surasi “Fotiha” edi.

2013 yilda Saudiya Аrabistonining “ Mobily” uyali aloqa operatori portugaliyalik futbolchi bilan reklama shartnomasini tuzganida unga portugal tilidagi Qurʼoni karim tarjimasini taqdim etgan edi.

Bundan tashqari, Ronaldu bir necha bor Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlab gapirgan. Xususan, Dogʻistonning tubjoy xalqlari assambleyasi raisi Murtuz Gasangadjiev bir necha yil oldin portugaliyalik futbolchidan iqtibos keltirgan edi: “Men lablarimda mening ismimni aytib koʻzyosh toʻkayotgan

Falastin bolalariga yigʻlamasdan qaray olmayman. Men musulmonlarni juda yaxshi koʻraman, chunki ularning hayotlari tartibli va idealga oʻxshaydi. Men Islom haqida juda koʻp narsani bilaman va ishonch bilan ayta olamanki, soʻnggi paytlarda matbuotda bu din haqida yozilganlarning hammasi yolgʻondir”.

Facebook Comments