Yangi turdagi koronavirusni genga oid injeneriya yordamida “aldash” mumkinligi maʼlum qilindi. Bu haqida V.А. Engelgard nomidagi molekulyar biologiya instituti molekulyar immunitet mexanizmi laboratoriyasi rahbari Sergey Nedospasov aytib oʼtgan.

Olimning aytishicha, koronavirusga qarshi vaktsina yaratish uchun genetik texnologiyalarga murojaat qilish kerak boʼladi. Klinik darajadagi modellarni yaratishda esa genomni oʼzgartirish talab etilishi mumkin.

“Аyni vaqtda virusda vaksina yaratishga shubha tugʼdiradigan biror narsa topilganicha yoʼq. Аmmo, ishlanmalar jarayoni bir necha oy davom etishi, sinov uchun bir yildan koʼproq vaqt kerak boʼlishi mumkin” deydi mutaxassis.

Nedospasovning aytishicha, ayni vaqtda koronavirusga chalingan bemorlar bir necha usullar bilan davolanmoqda. Virus bilan kurashishda avvaldan mavjud boʼlgan bir qator tibbiy preparatlar ham qoʼllanilyapti. Bundan tashqari, bemorlarga kasallikdan tuzalgan inson plazmasini quyish ham yaxshi samara beradi.

Facebook Comments