Hozirda koronavirus pandemiyasi butun dunyoga har jabhada zararini yetkazib kelmoqda, shu asnoda mazkur pandemiya sportning futbol turiga ham taʼsirini oʻtkazmay qolgani yoʻq.

Futbolchilar karantinda oʻtirgan vaqtda klublar aqlga sigʻmas tarzda mablagʻ yoʻqotishmoqda. Karantin tufayli jamoalar daromadini yoʻqotdi. Baʼzi jamoalar esa ushbu voqea tufayli inqiroz yoqasida turibdi.

Shuning uchun, barcha klublar xarajatlarni kamaytirish uchun futbolchilarni maoshini qisqartirishga qaror qilishdi. Masalan, “Barselona” oʻz mablagʻini 66 foizini futbolchilarning maoshiga sarflaydi. Maoshni qisqartirish masalasini FIFA ham muhokama qilmoqda va barcha futbolchilarga oʻz xohishlari bilan maoshni qisqartirishga rozi boʻlishni taklif qilmoqda.

Angliya. APL klublari futbolchilarni maoshini 50 foizga qisqartirishni eng maʼqul variant deb koʻrmoqda. Lekin klublar maoshni 20 foizga qisqartirishi ham mumkin bu asosan oʻrtamiyona jamoalarga yordam beradi, top-6 klublar har qanday shartga rozi.

Ispaniya. “Barselona” barcha futbolchilarini, gandbol va basketbol oʻyinchilarini va xodimlar maoshini 70 foizga qisqartirdi. Boshida rahbariyat futbolchilar bilan kelishishga harakat qildi, biroq yulduz futbolchilar bu shartga koʻnishmadi. Shundan soʻng, klub ERTE qonunidan foydalanishga qaror qilishdi (Ishchi kuchining vaqtincha nazoratga olish). Shu tariqa Messi 70 foiz maoshidan voz kechishga majbur boʻladi.

Xuddi shunday qonundan, “Atletiko” va “Espanyol” ham foydalanishdi. “Real” esa hozircha maoshni qisqartirmadi.

Yaqin vaqt ichida kataloniyaliklar 100 million yevro zarar koʻrishadi. Agar YCHL oʻyinlari tiklanmasa yana qoʻshimcha 22-25 mln yevro ziyon koʻriladi.

Sal avval esa, matbuotda koronavirus tufayli birinchi bankrot boʻladigan klub sifatida aynan “Barsa“ qayd etilgan edi.

Italiya. Gazetta della Sport nashrining yozishicha, A Seriya klublari chempionatda yuzaga kelgan toʻxtalish tufayli maosh berishni vaqtincha toʻxtatmoqchi.

“Yuventus” hujumchisi Ronaldu yuzaga kelgan karantin tufayli umuman maosh olmasligi mumkin.

Fransiya. Liga 1 klublari xodimlar maoshini oʻrtacha ikki baravar kamaytiradi. Hatto PSJ ham klubdagi barchani qisman yoki texnologik ishsizlikka oʻtkazadi. Bu parijliklarga maoshni 70 foizini toʻlashga imkon beradi.

Germaniya. Bu yerda klublar favqulodda chora koʻrishni boshlashdi. Top klublar kichik jamoalarga yordam bermoqdalar. Bundesliganing baʼzi-bir klublarining futbolchilari maoshlarini qisqartirishga rozi boʻlishdi.

“Bavariya” futbolchilar maoshini 20 foizga qisqartirdi – bu mablagʻ Myunxen klubining boshqa xodimlariga inqiroz vaqtida yashab turishlariga sarflanadi.

Facebook Comments