Braziliyada yangi turdagi koronavirusga chalinishning ilk holati qayd etildi. Bu haqida mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Kasallik yaqindagina Italiyaning Lombardiya viloyatidan qaytgan 61 yashar erkakda aniqlangan. Bemor San-Paulodagi “Albert Eynshteyn” shifoxonasiga yotqizilgan. Uning tahlillari tashxisni tasdiqlash uchun ixtisoslashtirilgan institutga yuborilgan.
Hukumat bemor qoʻshnilardan va yoʻlovchilardan kim bilan aloqa qilganini aniqlamoqda. Avvalroq San-Paulo koronavirusga chalinishda gumon qilingan 26 kishining tashxisi ijobiy chiqqan, ularda infeksiya aniqlanmagan edi.
Facebook Comments