Koronavirusga chalingan it egasi ayni damda shaxsiy kvartirasida karantinda boʻlib turibdi.

Gonkongda birinchi bor itda koronavirus (COVID-19) kasalligi aniqlandi. Bu haqda The New York Post nashri xabar berdi.

Koronavirusga chalingan it egasi ayni damda shaxsiy kvartirasida karantinda boʻlib turibdi. Shifokorlar itning soʻlagidan COVID-19 virusini aniqlashgan. Biroq hozir itda kasallik simptomlari aniqlanmagan.

It hayvonlar uchun moʻljallangan maxsus xonada karantinda saqlanmoqda. Mutaxassislarning fikriga koʻra, hozirgi vaqtda virus odamlardan hayvonlarga yuqishi mumkinmi yoʻq nomaʼlum.

Maʼlumot uchun, ayni damda Gonkongda 93 nafar inson koronavirusga chalingani qayd etilgan.

Facebook Comments