Ilk marta Afgʻonistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati aniqlandi. Bu haqda “RIA” nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Quvaytda koronavirus bilan kasallangan bemorning 3 nafari aniqlangan, Bahrayn va Afgʻonistonda esa 1 nafardan bemorlarda kasallik qayd etilgan.

Avvalroq, bu virus Eron chegaralarini kesib oʻtgani haqida xabar qilingandi. Bugun esa Oʻzbekistonga yaqin boʻlgan mamlakatlarda qayd etilgani maʼlum boʻldi.

Afgʻoniston Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarining aytishicha, kecha Hirot viloyatida koronavirus bilan gumon qilingan uch holat aniqlangan, ulardan biri tadqiqotlardan soʻng tasdiqlangan.

Shuningdek Sogʻliqni saqlash vaziri Hirotda favqulodda holat eʼlon qilganini xabar qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Tolo News telekanali Eronda virus tarqalishi boshlangan Qum shahriga tashrif buyurgan uch odamda koronavirus borligi gumon qilinganligi haqida xabar bergan edi. Eronlik shifokorlar birinchi marta 19 fevral kuni koronavirus yuqtirgan bemor haqida xabar bergan edi.

Facebook Comments