Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumani yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjayli tumani boʻlimi, prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Xoʻjayli tumani Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining uy-joy mutaxassisi J.E. fuqaro K.R.ning ishonchiga kirib, uni aldab, noqonuniy qurilgan uyiga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 4 mln. soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Facebook Comments