Samarqand viloyati Payariq tumani Chelak shahridan 40 yoshli erkakning osilgan holatdagi murdasi topildi. Erkakning yonidan rafiqasining murdasi qayerda ekanligi yozilgan maktub chiqqan.

Maʼlum boʻlishicha, uning rafiqasi Jizzax shahridagi Sayilgoh koʻchasida joylashgan xonadonda eri tomonidan boʻgʻib oʻldirilgan. Erkak 1991 yilda tugʻilgan ayolining jasadini shu yerga tashlab, uyni ustidan qulflab ketgan.

Huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari belgilangan manzilga yetib kelganlaridan keyin bu yerdan 1991 yilda tugʻilgan ayol jasadi topilgan. Maʼlumotlarga koʻra, ayol joriy yilning 17 fevral kuni oʻldirilgan.

Hodisa yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Facebook Comments