Jizzax viloyatining Zomin tumanida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, kecha 19-aprel kuni soat 07:20da Zomin tumanida yashovchi 28 yoshli B.U., “VAZ-21063” rusumli avtomashinasini Zomin tumanidan oʻtuvchi 4R-34 avtomobil yoʻlining 49 kilometrida, yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga yugurib kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan 4 yoshli S.U., ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan qizaloq S.U. olgan tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Facebook Comments