Koronavirusga u aybdor!”: Janubiy Koreyada prezident impichmenti toʻgʻrisidagi petitsiya 500 mingdan ziyod imzo toʻpladi

Janubiy Koreyada prezident impichmenti toʻgʻrisidagi petitsiya 500 mingdan ziyod imzo toʻpladi, deb yozmoqda “Izvestiya”. Prezident Mun Chje In “COVID-19” koronavirusi qoʻzgʻagan kasallik mamlakatda tarqab ketishining oldini olishda noʻnoqlik qilganlikda ayblanmoqda.

Ha, bu jiddiy ayblov, shunisi ham borki, Moviy uy, yaʼni mamlakat yetakchisi administratsiyasi saytiga joylangan petitsiya 200 mingdan koʻp ovoz toʻplasa hukumat bir chora koʻrishi shart. Ayni vaziyatdan kelib chiqilsa, bu ish 4-martdan kechikmasligi kerak.

Petitsiyani tuzganlar hukumatdan Xitoy bilan bordi-keldini butunlay toʻxtatishni talab qilishyapti, ularning fikricha, Mun Chje Inni oʻz mamlakati manfaatidan ham koʻra XXR bilan aloqalar koʻproq qiziqtiradi.

Seul avvaliga, xalqaro qonunchilikdan kelib chiqib, xitoyliklarning Janubiy Koreyaga kirishlariga toʻsqinlik qilishdan bosh tortgan, keyin, infeksiya butun Xitoyga tarqagach, faqat Xubeyga borganlarni kiritmaslikka qaror qilgandi.

Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi 24-fevral kuni 7,9 ming nafar harbiyni infeksiya tarqab ketishining oldini olish uchun karantinga jalb qildi. Bir kun ilgari, 23-fevral kuni mamlakat rahbari koronavirusning epidemiyaga aylanish xavfi “qizil” darajasiga oshirilgani haqida bayonot bergandi.

Facebook Comments