Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari – matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi tayinlandi

Uzoq yillar davomida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yuritib kelgan Mahmudxoʻjaev Furqat Sidiqxoʻjaevich ushbu lavozimda ish boshladi.

Furqat Mahmudxoʻjaev 1965 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1989 yil Toshkent davlat texnika universiteti tugatgan.

2018 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi boʻlib ishlagan.

Facebook Comments