Professional suratkash Rodrigo Kunstman yangi tugʻilgan qiz bola chaqaloqning “badjahl” qiyofasini kadrga muhrladi.

Qizaloqning surati ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgach, chaqaloq shu zahoti yulduzga aylanib ketgan.

Qizaloqqa Izabela Pereyra de Xesus deya ism berilgan boʻlib,u kesarcha kesish usuli bilan dunyoga kelgan. Odatda, barcha chaqaloqlar dunyoga kelishlari bilan yigʻlasalar, Izabela yigʻlash oʻrniga shifokorlarning barchasiga jahldor qiyofa ila birma-bir nazar tashlab chiqqan.

Suratkashning sharofati bilan mitti qizcha internet yulduzi darajasiga koʻtarildi. Foydalanuvchilar bunday ajoyib holatdan hayratga tushib qolishgan.

Facebook Comments