Italiya futboli rahbarlari koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan chempionatni qanday yakunlash haqida bosh qotirishmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Calciomercato xabariga koʻra, bir necha variantlar taklif qilinyapti. Ularning orasida koʻpchilik maʼqullayotgani – qoldirilgan oʻyinlarni yozda oʻtkazib olish.

Yana bir variantda mavsumni davom ettirmasdan, hozirgi jadvalga muvofiq oʻrinlarni taqsimlash taklif qilinyapti. Bunda faqat A Seriyani hech kim tark etmasligi koʻzda tutilmoqda.

Uchinchi variantda mavsumni toʻliq bekor qilib, chempion va sovrindorlarni aniqlamasdan qoldirish, ammo 2018/19 mavsumi jadvaliga muvofiq yevrokuboklar yoʻllanmasini taqsimlash taklif qilinyapti.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsum natijalariga koʻra, “Yuventus”, “Napoli”, “Inter” va “Atalanta” Chempionlar Ligasi, “Milan”, “Latsio” va “Roma” Yevropa Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan edi.

Facebook Comments