Internet tarmogʻida filning ingichka zina boʻylab yuqoriga koʻtarilayotgani aks etgan videorolik paydo boʻldi.

Mazkur videorolik Hindistonning oʻrmon xoʻjaliklaridan birida ishlovchi Parvin Kasvan tomonidan tarmoqqa joylashtirilgan. U rolik tagiga fillarning intellektual jihatdan juda rivojlangan jonivor ekanliklari, koʻp narsani oʻrganishi hamda tahlil qilish imkoniyatiga ega ekanligi haqida izoh yozgan.

Videoni tomosha qilgan insonlar filning qobiliyatidan hayratga tushib qolgan. Internet foydalanuvchilaridan biri esa fillarning odamlarga nisbatan intizomliroq jonivor ekanligi haqida fikr ham bildirgan. Ayni daqiqalarda ushbu rolik internetda trendga chiqqan.

Facebook Comments