UFCning yengil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov 18-aprel kuni UFC- 249da boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Toni Fergyuson jang koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilinganini tasdiqladi.

“Men uyda karantinda oʻtiribman va jang atrofidagi vaziyatga odamlarning munosabatini kuzatib boryapman. Butun dunyodan karantinda boʻlishi kerakligi soʻralyapti, barcha mamlakatlar hukumatlari va butun dunyodagi taniqlililar odamlarni qutqarish uchun kasallik tarqalishini cheklash uchun xavfsizlik talablariga rioya qilishga daʼvat qilmoqdalar. Ammo nega yolgʻiz Xabib barcha majburiyatlardan xoli va oʻz xohish-irodasini namoyish etgan holda boshqa mamlakatga sayohat qilishi kerak. Jang qilish uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyishi kerakmi?

Men hamma narsani tushunaman va jang bekor boʻlganidan afsusdaman. Ehtimol, men va boshqalarning, jangdan keyin koʻp rejalari boʻlgan, lekin bularning barchasi meni nazoratimda emas. Kuchli davlatlar va davrimizning eng yirik kompaniyalari sodir boʻlayotgan voqealardan hayratda qolishyapti, chunki har kuni vaziyat kutilmaganda oʻzgarib boryapti. Ammo, Xabib shunday boʻlsa ham kurashishi kerak, shunday emasmi? Oʻzingizga gʻamxoʻrlik qiling va oʻzimni mening oʻrnimga qoʻyib koʻring”, deb yozdi Xabib Nurmagomedov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq UFC rahbari Dana Uayt ushbu jang boʻlib oʻtishini taʼkidlagandi. Shundan soʻng 1-aprel kuni Xabib – Toni jangi Belarusda oʻtkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Facebook Comments