Germaniyalik tadqiqotchilar guruhi qiziqarli fenomenni kashf qildilar. Ular hech qachon COVID-19 ga chalinmagan odamlarda ham virusga nisbatan immunitet bor ekanligini aniqlashgan, bunga sabab ular tomonidan koronavirusning boshqa turi boshdan kechirilganidir. Bu haqida Berlin klinikasi virusologi Kristian Droster maʼlum qilgan.

Tadqiqot davomida insonlardagi T-hujayralarining yangi turdagi koronavirus bilan toʻqnash kelgan holatdagi reaksiya va tezkorligi oʻrganib chiqilgan. Tahlillar kasallikni boshdan kechirgan va sogʻlom odamlardan olingan. Namunalarning bir qismi pandemiya boshlanishidan avvalroq yigʻib qoʻyilgan edi.

“Bemorlarning 34% ida SARS-CoV-2 bilan hech qachon aloqa kuzatilmagan boʻlsa ham, T-hujayralar reaktivligi qayd etilgan” deyiladi xabarda.

Bundan kelib chiqqan olimlar avvallari boshqa turdagi koronavirus infeksiyasiga chalingan insonlarda COVID-19 ga nisbatan ham immunitet bor ekanligi haqida maʼlum qilishgan. Boshqa turdagi koronavirus infeksiyalarining COVID-19 genomiga oʻxshash qismlari boʻlgani sababli hujayralar unga qarshi kurashishni boshlaydi, deyiladi xabarda.