Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida fojiali YTH sodir boʻldi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, kecha 22-aprel kuni soat 21:45 larda, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, M.Ulugʻbek MFY hududidan oʻtuvchi 4P-108A avtomobil yoʻlining 3 km.da, haydovchi 1986-y.t. A.Sh. “Captiva” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yoʻl chetidan shu yoʻnalishda ketayotgan velosiped xaydovchisini turtib yuborib, soʻngra rul boshqaruvini yoʻqotgan.

Soʻngra yoʻlning oʻng tarafidagi xonadonning devoriga avtomashinaning oldi qismi bilan urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Captiva”ning yoʻlovchisi 1989-y.t. U.T. ogʻir tan jarohati olishi oqibatida tuman shifoxonasida halok boʻlgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi A.Sh. va velosiped xaydovchisi 2002-y.t. I.J.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib oʻtamiz, kecha Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida sodir boʻlgan yana bir YTHda “Neksiya” bir guruh qoʻylarni olib ketayotgan choʻponni urib yuborishi oqibatida u voqea joyida halok boʻlgandi.

Facebook Comments