Buxoro viloyatining Olot tumaniga ayol kishi hokim lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Unga koʻra, Nargiza Isomiddinovna Neʼmatova Olot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Nargiza Neʼmatova 1964-yilda tugʻilgan, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi vrach-terapevt. U 1991-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Eslatib oʻtamiz, 18-fevral kuni Sirdaryo viloyati xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, senator Dilfuza Oʻrolova Sirdaryo viloyatning Boyovut tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Facebook Comments