Buxoro shahri hokimi Karim Kamolov Buxoro viloyatiga hokim boʻldi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, Buxoro shahrida 29-fevral kuni viloyat faollarining yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qatnashgan.

Yigʻilishda Abdulla Aripov Oʻktam Barnoyevni Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident farmonini oʻqib eshittirgan.

Zaynilobiddin Nizomiddinov esa Prezident farmoniga muvofiq hozirga qadar Buxoro shahriga hokimlik qilib kelgan Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, mudom viloyatda hokim boʻlgan Oʻktam Barnoyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Barnoyev shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Facebook Comments