Toshkent shahrining Bektemir tumanida arzon pishloq mahsulotlarini ulgurji narxda sotib olib, keyin boshqa mahsulot belgisini yelimlab sotayotgan firibgar fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Bektemir tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.B. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, arzon turdagi pishloq mahsulotlarini ulgurji narxlarda xarid qilib, ushbu mahsulotlarga boshqa korxona mahsulot belgisini yelimlab, 330 kg. pishloqni xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Facebook Comments