“Barselona” ushbu yozda PSJ hujumchisi Neymarni klubga qaytarmoqchi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, Kataloniyaliklar Neymarning transferi borasida parijliklar bilan muzokarani boshladi. Ayni damda klublar shartnoma shartlari boʻyicha muzokaralar olib borishmoqda. PSJ “Barselona”ning Neymar uchun Filippe Koutinyo va 100 million yevrolik taklifni qabul qilmadi. Ular Usmon Dembele bilan almashtirishmoqchi.

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Usmon bilan “Borussiya D”da birga ishlagan, murabbiy fransuz hujumchini juda qadrlaydi va jamoada koʻrishni istaydi.

Dastlab “Barselona” Dembeleni sotishni istamadi, ammo rahbariyat umuman bu taklifni qoniqarli deb baholashdi va shartnomaga Dembeleni qoʻshish yoʻllarini koʻrib chiqishni boshlashdi.

“PSJ” moliyaviy feyr-pley tufayli fransiyalik futbolchini keyingi yozda sotib olish huquqini qoʻlga kiritmoqchi. Dembelening oʻzi ham Parij klubiga oʻtishga qarshi emas.

Facebook Comments