Bugun, 25-fevral kuni soat 09:45 larda Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida joylashgan “Xolis tafakkur” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish shahobchasida “Shukurullo vodiy trans” MChJga tegishli boʻlgan “Neksiya” rusumli avtomashinaning gaz ballonida portlash sodir boʻlgan.

Bu haqida YHX Bosh boshqarmasi telegramdagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Tekshiruv natijasidan avtomashinaga metallo kompozitli (skoch) gaz ballonining kompozit qismi shilib olinib oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilganligi maʼlum boʻlgan.

Portlash oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan. “Shukurullo vodiy trans” MChJga tegishli boʻlgan “Neksiya” rusumli hamda fuqaro N.Oʻ.ga tegishli boʻlgan “Spark” rusumli transport vositalari texnik shikastlangan, deya xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Facebook Comments