Bir kunda 5 ta viloyat Ichki ishlar Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshliqlari oʻzgardi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, podpolkovnik Omirbay Turdibayev Keulimjayevich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosarligidan, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Omirboy Turdibayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mahamadjon Nishanov Sadikjonovich – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Mahamadjon Nishanov avval Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Jonibek Boltayev Hamidovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Jonibek Boltayev tayinlovga qadar Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Joʻrabek Avazov Fayzullayevich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Joʻrabek Avazov oʻz faoliyatini avval Jizzax viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida olib borgan.

Podpolkovnik Umid Yaxshiyev Nosirovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Umid Yaxshiyev Qashqadaryo viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Facebook Comments