Samarqandda ikki haydovchining dahanaki jangi oxir-oqibat jiddiy mushtlashuvga aylandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Oqdaryo tumani Oytamgʻali MFY da yashovchi, 1996 y.t Oʻ.S. oʻziga tegishli boʻlgan “Damas” avtomashinasida Loyish shaharchasi yoʻnalishida harakatlanib borayotgan vaqtida uning bilan bir yoʻnalishda orqada harakatlanib kelayotgan “Cobalt” avtomashinasi haydovchisi unga qoʻli bilan toʻxtash ishorasini qiladi.

Oʻ.S. avtomashinasini toʻxtatganda “Cobalt” haydovchisi Oqdaryo tumani Yangiobod MFY da yashovchi, 1972 y.t N.J. unga “yoʻlga qarab haydasang boʻlmaydimi, yoʻl belgisini bilmaysanmi” deb baqirib nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilib yuz qismiga qoʻli bilan mushtlab, yuziga boshi bilan urib tan jarohati yetkazadi.

RSTEIАMSFining xulosasiga koʻra, fuqaro Oʻ.S.ning tanasida, yaʼni burun sohasida qontalash, burun suyagining sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

“Hurmatli haydovchilar yoʻllarda harakatlanganda intizomga qatʼiy amal qilaylik zero “yoʻl intizomni yoqtiradi”, deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Facebook Comments