CIES Football Observatory tahlil markazi Yevropa kuchli beshlik chempionatlarining eng qimmatbaho tarkibga ega klublari yangi reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni tuzishda har bir klubning transfer qiymati balandroq bo‘lgan 20 nafar futbolchisining bahosi inobatga olindi.

Manbaga binoan, jahonning eng qimmatbaho tarkibga ega klublari ro‘yxatida “Liverpul” 1-o‘rinni olgan. Yurgen Klopp qo‘l ostidagi tarkib – 1,4 milliard yevroga baholangan. Shuningdek, “Manchester Siti” (1,3 mlrd) va “Barselona” (1,1 mlrd) klublari uchlikdan o‘rin olishgan.

Top-10 reytingdan quyidagi klublar joy olgan:

1. “Liverpul” (Angliya) – 1,405 mlrd yevro
2. “Manchester Siti” (Angliya) – 1,361 mlrd yevro
3. “Barselona” (Ispaniya) – 1,170 mlrd
4. “Real” (Ispaniya) – 1,1 mlrd yevro
5. “Chelsi” (Angliya) – 1,008 mlrd yevro
6. “Manchester Yunayted” (Angliya) – 1,007 mlrd yevro
7. “Pari Sen-Jermen” (Fransiya) – 979 mln yevro
8. “Atletiko” (Ispaniya) – 836 mln yevro
9. “Tottenhem” (Angliya) – 787 mln yevro
10. “Yuventus” (Italiya) – 783 mln yevro.

Top-100 reyting bilan bu yerda tanishing.

Facebook Comments