Surxondaryoda yana bir xususiy bandlik agentligining firibgarligi fosh boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.А. va boshqalar 2019 yil davomida fuqarolarning ishonchini suiisteʼmol qilib, Daniya va Shveytsariya davlatlariga ishga yuborish vaji bilan 61 nafar fuqarodan 45 mln. soʻmdan jami 2,6 mlrd. soʻmni jamiyatning bank hisob raqamiga oʻtkazdirib, ularni ishga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqarolarning

16 500 АQSh dollari hamda 125 mln. soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishib, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.А. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Facebook Comments