20 yildagi eng yirik yangilanish: uyingizda Wi-Fi endi 5G tezligida ishlaydi!

AQSHning Aloqa federal komissiyasi 6 gigagerslik chastotali diapazondan litsenziyasiz foydalanish imkoniyatini ochdi. Endi uni uy routerlarida 2,4 va 5 GGs.lik chastotalar bilan birga qoʻllanishi mumkin.

Shu yilning oxirlariga borib, yaʼni biznesda ham yangi diapazonni qoʻllashga ruxsat berilganidan soʻng unda ishlovchi yangi avlod marshrutizator (router)lar taqdim etila boshlaydi. Yangi chastota internetga yana-da tezkor va xavfsiz ulanish imkonini beradigan boʻladi. Uni qoʻllab-quvvatlaydigan qurilmalar esa Wi-Fi 6E markirovkasi bilan belgilanadi.

“Bu – Wi-Fi chastotalari spektri boʻyicha keyingi 20 yil mobaynidagi eng yirik yangilanishdir”, deya taʼkidlaydi Wi-Fi Alliance marketing boʻyicha direktori Kevin Robinson.

Wi-Fi 6E texnologiyasi – darajasiga koʻra 5G texnologiyasi bilan baravar yangi innovatsiyadir. Yangi ulanish standarti – 802.11be katta hajmlarda maʼlumotlar almashish, shuningdek, yana-da mukammal “aqlli uy” infratuzilmasini sozlash imkonini beradi. Radiotoʻlqinlar polosasining jiddiy kengaytirilishi esa koʻp-xonadonli uylarda yana-da sifatli ulanishni taʼminlaydi. Toʻgʻri, buning uchun hozirgi routerlarimiz toʻgʻri kelmaydi, balki Wi-Fi 6E markirovkasi bilan chiqadigan yangi avlod marshrutizatorlaridan olishimiz kerak boʻladi.

Facebook Comments